Aksiyadorlik tijorat «Xalq banki» pensiya to‘lovlari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Mirzaahmad G‘oyibnazarovning aytishicha, joriy yil 18 martdan boshlab, pensiya va boshqa nafaqa pullari bank xodimlari tomonidan aholi yashash manziliga yetkazib berilmoqda.
«Ayni paytda pensiya va nafaqa to‘lovlarining 98 foizi to‘liq amalga oshirildi. JST tavsiyalardan kelib chiqib, aholiga naqd pul kamroq muomala qilishi tavsiya etilyapti. Shu sababli, bankimiz pensionerlarga ham pensiya overdraft qulay bank kartalaridan foydalanishni tavsiya etadi», - deya ma'lumot berdi G‘oyibnazarov.
Qayd etilishicha, bank plastik kartalariga nafaqa va pensiya pullari har oyning ilk sanalarida o‘tkaziladi. Shuningdek, bank terminallaridan foydalanganda kartadan naqd pul yechib olishda haq olinmaydi.
Bank vakili yuzaga kelgan pandemiya davrida masofadan turib, pensiya va nafaqa pullarni karta orqali olish, to‘lovlarni naqdsiz bajarishni tavsiya etishini bildirdi.