Karantin qoidalarini buzgan 87 kishi ma'muriy javobgarlikka tortildi 

O‘zbekiston 19:05 / 25.03.2020 12228

25 mart kuni AOKA shtabida tashkil etilgan brifingda Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev karantin qoidalarini buzgan fuqarolar haqida ma'lumot berdi.

«15 martdan shu kunga qadar karantinda bo‘lish qoidalarini buzgan 90 nafar fuqaro aniqlanib, 87 nafari ma'muriy javobgarlikka tortildi. 3 nafariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Avval xabar berilganidek, karantinda bo‘lish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani uchun Shofirkon tumanida yashovchi 30 yoshli Ravshanov, Parkent tumanida yashovchi 66 yoshli Eshov va Denov tumanida yashovchi 31 yoshli Ashurovga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 257-prim moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu shaxslarga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoq tanlangan. Bosh prokuratura tomonidan jinoyat ishlariing tergovi ustidan alohida nazorat o‘rnatilgan», dedi Erkin Yo‘ldoshevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ko‘proq yangiliklar: