Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deputat kam ta'minlanganlarga 1 million so‘mdan pul, 40tadan niqob va oziq-ovqat tarqatdi

Foto: «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi
Past Darg‘omlik tadbirkor va deputat bugungi sinovli kunlarda namuna ko‘rsatib, saxovatpesha yurtdoshlarimizni birdamlikka chorlamoqda.
Past Darg‘omning Qo‘qoni, Jag‘alboyli, Qorag‘uppa va Normurodov nomli mahallalaridan saylangan deputat ushbu mahalladagi kam ta'minlangan, sharoiti og‘ir xonadonlarga, nogironligi bor shaxslarga bir million so‘mdan pul, bir qop un, besh litr yog‘, ikki kilo shakar, ikki kilo go‘sht, besh dastadan isiriq, uyda o‘qish uchun«Qur'oni Karim» kitobi, hadis va badiiy kitoblar hamda qirqtadan tibbiy niqoblar tarqatdi.
«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi tuman kengashi deputati Quyosh Haqberdiyev bu ishdan ko‘zlangan maqsad haqida gapirib:
«Avvalo, o‘ng qo‘ling bilan qilgan savob ishni chap qo‘ling sezmay qolsin deyishgan. Hozir xalqimiz uchun sinovli kunlar davom etmoqda. Albatta, tez orada bu sinovni yengib o‘tish nasib qilsin. Shunday pallada bir chetda tomoshabin bo‘lib turish yarashmaydi. Bugungi kunda barchadan uyda qolish, o‘zi va yaqinlarining salomatligi uchun ham ko‘chaga, odam gavjum joylarga chiqmaslik so‘ralyapti. Har kim qo‘lidan kelgunicha, bir-birlariga yordam berishi kerak, shart deb hisoblayman. Hech bo‘lmaganda, bir og‘iz shirin so‘z ham bunday paytda odamga malham bo‘ladi.
To‘g‘ri, davlat hech kimni o‘z holiga tashlab qo‘ymaydi. Kechagina Oliy Majlis Senati raisi ham xuddi shu masalaga to‘xtalib, karantin davrida boquvchisiz insonlar va qariyalarga moddiy yordam berilishi kerakligini aytdi. Ammo biz ham qarab turmasligimiz kerak. Imkoni bor hamyurtlar topgan-tutganimizni sharoiti og‘ir kishilardan ayamasligimiz shart, deb hisoblayman.
Bizni ishimizni ko‘rib boshqa saxovatpesha insonlar ham shunday yo‘l tutishidan juda umidvormiz» deydi.
Holidan xabar olingan past darg‘omliklar bundan juda xursand ekanliklarini aytib, saxovatpesha insonlar safi tobora ko‘payishini so‘rab duo qildilar.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
Idish yuvish gubkasi: hojatxona tagligidan 456 baravar ko‘p bakteriya saqlaydigan oshxona buyumi haqida nimalarni bilasiz?
Jamiyat | 17:19
-
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston | 17:16
-
“Bir yarim yilda 28 ta topshirish punkti ochildi”: Uzum Market tarmog‘i tez o‘sish davrini boshdan kechirmoqda
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid

13:29 / 22.12.2024
Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi

09:54 / 12.12.2024
Samarqandda bog‘cha yonib ketdi

23:03 / 08.11.2024
Samarqandda uyda tayyorlangan konserva mahsulotlaridan yegan bir oilaning 4 a’zosi zaharlandi

20:07 / 15.05.2024