Oziq-ovqat do‘konlari va dehqon bozorlari yopilishi haqidagi gaplar asossiz - DSQ

O‘zbekiston 17:22 / 25.03.2020 5709

«Oziq-ovqat do‘konlari va barcha dehqon bozorlari yopilishi haqidagi gaplar asossiz. Ularning faoliyati to‘xtatilmaydi.

Aksincha, dexqon bozorlari yoki oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiladigan obektlarning bir maromda ishlashi uchun barcha choralar ko‘riladi. Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-sonli qarorida aniq belgilab qo‘yilgan.

Shu bilan birga, savdo nuqtalarida narx-navoning asossiz, sun'iy oshirilishiga qarshi chora-tadbirlar davom ettiriladi», deya Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Fazliddin Umarovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Fazliddin Umarov

Uning qo‘shimcha qilishicha, barcha bozorlarda kirish-chiqish joylarida tegishli mutaxassislar bilan ta'minlangan holda teplovizorlar va antiseptik vositalar bilan jihozlanishi alohida belgilab qo‘yilgan.

Ko‘proq yangiliklar: