«2019 yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati 2020 yil 1 avgustga qadar uzaytiriladi.
290 ming fuqaroga (55 foiz) 181,2 mlrd. so‘mlik hisoblanishi kutilayotgan soliq summalarining to‘lov muddati kechiktirilmoqda.
Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lash muddati 2020 yil 15 oktyabrga qadar uzaytiriladi.
Ma'lumot uchun, jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha 7,3 mln fuqaroga 2020 yil uchun 2 trln so‘m soliqlar hisoblangan edi. 15 aprelda to‘lanadigan qismi 1 trln so‘m bo‘lib, bugungi kunda 1,2 mln fuqaro 341 mlrd so‘mini to‘ladi va 15 aprelga qolgan qismi 670 mlrd so‘mdan iborat.
Jismoniy shaxslarga Xayriya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan moliyaviy yordam pullari uchun soliq solinmaydigan bo‘ldi», dedi u AOKA qoshidagi koronavirusga qarshi tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan brifingda.