Uzbekistan Airways Moskvadan Toshkentga charter qatnovini amalga oshiradi

O‘zbekiston 13:16 / 24.03.2020 7856

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bugun, 24 mart kuni Toshkent - Moskva - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovlari amalga oshirilishini ma'lum qildi.

Ular: 

HY613 Toshkent - Moskva (Vnukovo aeroporti) — mahalliy vaqt bilan soat 13:05da ketish;

HY614 Moskva (Vnukovo aeroporti) - Toshkent — mahalliy vaqt bilan 16:45da ketish.

Bildirilishicha, ushbu qatnovlar Rossiya tomoni bilan kelishilgan holda favqulodda tashkil etilgan.

Charter qatnovga avvalo O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi xodimlari tomonidan tuzilgan ro‘yxatlarga muvofiq navbat bo‘yicha turgan yo‘lovchilar chaqiriladi.

“Uzbekistan Airways aviakompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini vataniga qaytarish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda. Sizning tushunishingizga umid qilamiz va bizni qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun minnatdormiz”, - deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: