Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio Olimpiadasi qoldirildi
Shu yilning 24 iyulida boshlanishi kerak bo‘lgan Tokio Olimpiadasi tashkilotchilari koronavirus pandemiyasi tufayli turnirni bir yilga kechiktirish taklifi bilan chiqqan. Mezbonlar Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga shu bo‘yicha taklif bilan chiqqan va bu taklif qo‘llab-quvvatlangan.

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening ma'lum qilishicha, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi uning Olimpiadani qoldirish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlagan. U Tokio Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini koronavirus ustidan qozonilgan g‘alaba ramzi sifatida o‘tkazishini qo‘shimcha qilgan.
«Men o‘yinlarni bir yil keyin o‘tkazishni taklif qildim va prezident [XOQ] Bax 100 foiz qo‘shildi», degan u.
«Bu sportchilarga yaxshiroq sharoitlarda kuch sinashish sharoitlarini yaratib beradi va o‘yinlarni tomosha qilish muxlislar uchun ham xavfsiz bo‘ladi», degan yaponlar bosh vaziri.
Bungacha qator davlatlar, jumladan, Kanada va Avstraliya Olimpiada o‘z vaqtida o‘tkaziladigan bo‘lsa, o‘z sportchilarini yubormasligini ma'lum qilgandi.
BBC muxbiri Aleks Kepstikning qayd etishicha, Olimpiya o‘yinlari tarixda ilk bor qoldirilmoqda. Bungacha Olimpiada urush tufayli bekor qilingan, ammo turnir keyinga qoldirilishi kuzatilmagandi.
- Tokioda Olimpiya o‘yinlari 24 iyuldan 9 avgustga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

19:51 / 03.09.2021
Yaponiya bosh vaziri iste'foga chiqadi. Sabablardan biri - Tokio Olimpiadasi

17:26 / 13.08.2021
Olimpiada sovrindorlari murabbiylari va barcha ishtirokchilarga ham pul mukofoti beriladi

16:22 / 13.08.2021
Prezident xorijdan legioner sportchi olib kelish tajribasi o‘zini oqlamayotganini aytdi

12:32 / 12.08.2021