Qonunchilik palatasining Odob komissiyasi tuzildi

O‘zbekiston 13:54 / 24.03.2020 6227

Parlament quyi palatasining majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Parlament saytida xabar qilinishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining o‘z deputatlik vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida deputatlik odobi qoidalari hamda umumiy qabul qilingan odob-axloq normalariga rioya etishlarini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob komissiyasi tuzildi.

Komissiya raisi va tarkibi saylandi. Komissiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Zohidov rais etib saylandi.

Komissiya tarkibiga esa, siyosiy partiyalar fraksiyalarining parlament faoliyatida salmoqli tajribaga ega, deputatlar korpusi o‘rtasida obro‘-e'tiborga sazovor bo‘lgan deputatlari kiritildi.

Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Odob komissiyasining nizomi, deputatlarning deputatlik odobi qoidalari tasdiqlandi.

Ko‘proq yangiliklar: