Koronavirus qayd etilgan bemorlarning 5 nafari surunkali kasalliklarga chalingan - SSV

O‘zbekiston 13:59 / 24.03.2020 72393

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev telegram kanalida ma'lum qilishicha, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlardan 19 nafari erkak, 30 nafari xotin-qiz, shuningdek, 4 nafari voyaga yetmagan bolalardir.

Yosh jihatdan qaralsa, 0-9 yoshgacha – 4 nafar, 10-19 yoshgacha – 1 nafar, 20-40 yoshgacha – 27 nafar, 40-50 yoshgacha – 7 nafar hamda 50-59 yoshgacha – 4 nafar, 60-70 yoshgacha bo‘lganlar esa 6 nafarni tashkil etmoqda.

Bemorlardan 11 nafari o‘rta og‘irlikda bo‘lib, ulardan 5 nafari avvaldan surunkali kasalliklarga chalingan.

«Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda», deyiladi xabarda.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 49 nafarni tashkil etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: