O‘zbekiston | 09:21 / 24.03.2020
32436
1 daqiqa o‘qiladi

Jakartadan uchgan samolyot Buxoroga qo‘ndi. Barcha yo‘lovchilar karantinga olindi

Samolyotda 54 nafar yo‘lovchi olib kelingan. Ularning 28 nafari erkak, 26 nafari ayol 

Foto: KUN.UZ

Kecha, 23 mart kuni Uzbekistan Airways Jakarta - Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovini amalga oshirdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi xabar bermoqda.

Samolyotda 54 nafar yo‘lovchi olib kelingan. Ularning 28 nafari erkak, 26 nafari ayol. Ushbu qatnov bilan kelgan barcha yo‘lovchilar “Jo‘yizar” sog‘lomlashtirish maskanida ikki haftalik karantinga joylashtirilgan.

O‘zbekistonda koronavirus qayd etilishi munosabati bilan joriy etilgan karantin choralari doirasida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 16 mart kunidan xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha barcha qatnovlarni bekor qilgan edi. Hozirda xorijdagi fuqarolar charter reyslar orqali mamlakatga olib kelinmoqda.

Bundan oldin, «Vnukovo» aeroporti rahbariyati o‘zbekistonliklarning vaqtincha turishi uchun terminal ajratgani xabar berilgandi. 

Mavzuga oid