Britaniyada 3 haftalik karantin kiritildi

Jahon 07:45 / 24.03.2020 8932

Unga ko‘ra, 23 mart kechki paytdan do‘konlarga oziq-ovqat va birinchi ehtiyoj tovarlari xarid qilish, jismoniy mashqlar bajarish (kuniga bir marta, yakka holda yoki oila a'zolari bilan birga), tibbiy zarurat yoki hayotiy muhim hisoblangan ishga borish uchungina uydan chiqishga ruxsat beriladi. Jamoat joylarida ikki kishidan ko‘proq bo‘lib to‘planish taqiqlanadi. Bundan bir oila a'zolari mustasno.

Oziq-ovqat mahsulotlari va birinchi ehtiyojdagi tovarlar sotiluvchi do‘konlardan boshqa barcha do‘konlar, sport va bolalar maydonchalari, diniy muassasalar yopiladi. Turli marosimlar, jumladan to‘ylar bekor qilinadi, dafn marosimlari bundan mustasno.

Karantin choralariga amal qilinishi ortidan politsiya kuzatuv olib boradi, qoidabuzarlarga jarima solinadi.

Jonsonning ta'kidlashicha, karantin choralari 3 haftaga kiritiladi va hukumat vaziyat ortidan kuzatib boradi va epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan cheklovlarni yumshatadi.

“Virusning tarqalishini sekinlashtirishimiz hayotiy muhimdir. Chunki shu yo‘l bilangina bemorlar sonini kamaytirib, sog‘liqni saqlash tizimiga vaziyatni o‘nglashga va ko‘proq hayotlarni saqlab qolishga imkon beramiz”, deb aytgan Britaniya bosh vaziri.  

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Britaniyada koronavirusga chalinganlar soni 6,7 mingdan ko‘proqni, vafot etganlar soni 336 nafarni tashkil qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: