Bemorlarning 5 nafari tuzalmoqda - Almatov

O‘zbekiston 12:53 / 24.03.2020 53326

O‘zbekistonda koronavirus bilan og‘riganlarning 5 nafarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatovning ma'lum qilishicha, ular koronavirusga ikki karra testdan o‘tkazilgandan so‘ng karantinga o‘tkaziladi.

Bahrom Almatov O‘zbekistonda koronavirus tashxisi qo‘yilganlar orasida tuzalganlar ham bor-yo‘qligi haqidagi savolga javob qaytardi.

«Ha, ijobiy o‘zgarishlar bor. Bugungi kunda besh nafar fuqaromizda kasallik belgilari yo‘qolgan. O‘zlarini yaxshi his qilishyapti.

Endi ularni organizmda virus bor-yo‘qligiga ikki marta tekshiramiz. Shundan so‘ng ular ehtimol shart 14 kun karantinda saqlanadi, so‘ngra uylariga ruxsat beriladi», deya Bahrom Almatovning onlayn brifingdagi so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

24 mart kuni soat 12:20 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 49 nafarni tashkil etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: