AQShning koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekayotgan shtatlariga milliy gvardiya kiritiladi

Jahon 00:34 / 24.03.2020 15260

AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekayotgan shtatlarga milliy gvardiyani kiritishga ruxsat berdi. 

Milliy gvardiya kuchlari Nyu-York, Kaliforniya va Vashington shtatlariga kiritiladi. Ular koronavirusga qarshi kurashda ko‘mak ko‘rsatadi.

Trampning ta'kidlashicha, shtatlarga milliy gvardiyani jalb etish bo‘yicha xarajatlarning 25 foizini to‘lashga to‘g‘ri kelmaydi, buni federal hukumat o‘z zimmasiga oladi.

AQSh milliy gvardiyasi quruqlikdagi qo‘shinlar hamda harbiy-havo kuchlarining zaxiradagi kuchlari bo‘lib, u 450 mingdan ko‘proq kishidan iborat. Milliy gvardiya bir vaqtda ham federal hukumatga, ham shtatlar ma'muriyatlariga bo‘ysunadi. AQSh milliy gvardiyasi o‘z vazifalariga ko‘ra bir qator davlatlardagi ichki qo‘shinlarga o‘xshash hisoblanadi. 

Bundan tashqari, Tramp koronavirus epidemiyasidan eng ko‘p jabr ko‘rgan hududlarga dala tibbiy punktlarini jo‘natishni buyurgan.

Trampning ta'kidlashicha, AQSh “katta sinovdan” o‘tmoqda. Uning aytishicha, hozir “dushman hujum qilmoqda”, biroq Amerika muqarrar g‘alaba qozonadi.

“Bu buyuk g‘alaba bo‘ladi va biz unga taxmin qilingandan ertaroq erishamiz”, deb aytgan Tramp. U pandemiya bartaraf etilgach, mamlakat iqtisodiyoti yuqori cho‘qqilarga erishishiga va'da bergan.

Ko‘proq yangiliklar: