Yevropada gaz narxi rekord darajada tushib ketdi

Jahon 15:56 / 23.03.2020 10379

Jahon iqtisodiyotidagi muammolar va gazga bo‘lgan talabning pasayishi oqibatida Yevropa bozorida suyultirilgan tabiiy gaz narxi rekord darajada arzonlashdi. 

Niderlandiyaning TTF gaz xabida ming kub metr gaz narxi 100 dollardan pastga tushdi. 

Bir hafta avval,  17 mart kuni ming kub metr gaz narxi 99 dollar bo‘lgan bo‘lsa, 23 mart kuni narx 93,5 dollargacha tushdi.

Bu esa «Gazprom» keyingi 15 yilda Yevropada eng past narxda gaz sotishiga to‘g‘ri  kelishini bildiradi. 2004 yilda Brent nefti narxi bir barreli 38,3 dollar bo‘lganida kompaniya ming kub metr gazni 138 dollardan sotgandi.

O‘tgan yili «Gazprom»ning Yevropa bozoridagi ulushi 45 foizdan 42,5 foizga tushdi. Kompaniya 200 milliard kub metr gaz yetkazib berish rejasini bajara olmadi, buning ustiga, narxlarni keskin pasaytirishiga to‘g‘ri keldi. 

Bu yil esa yanvar oyida «Gazprom»ning gaz eksportidan daromadi 41,1 foizga kamaydi.  

Ko‘proq yangiliklar: