Telekanal ma'muriyatining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, 1998 yilda sahnalashtirilgan 20 seriyadan iborat «Shaytanat» seriali yakunida uning mantiqiy davomi, ya'ni 21 qismi ham efirga uzatilishi mumkin.
«Shaytanat» seriali ilk marta 1999 yil 15 fevral kuni telekanal efiriga uzatilgandi. Ammo u keyinroq norasmiy taqiqqa uchradi hamda deyarli 15 yil davomida zangori ekranda ko‘rsatilmadi.
Film ijodkorlari bunga rasman izoh bermagan, shuningdek O‘zMTRK ham munosabat bildirmagan.