OAV: Rossiyada konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish yuzasidan ovoz berish ishi kechiktiriladi

Jahon 11:02 / 23.03.2020 4351

Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish kiritish masalasi kun tartibidan olinmoqda. Ushbu masala yuzasidan ovoz berish 22 aprel kuni o‘tkazilishi kerak edi, ammo uni keyinga qoldirish yuzasidan siyosiy qaror qabul qilingan, deb xabar bermoqda Vedomosti nashri. 

«Asosiy hujjatga o‘zgartish kiritish bo‘yicha umumrossiya ovoz berish sanasi yangi muddatga ko‘chirilgan, ammo u hali belgilanmadi. Shu tufayli, kechiktirish ham rasman e'lon qilinmadi»,  – deya ma'lumot bergan nashr suhbatdoshlari.

Nashr bilan suhbatlashgan Rossiya prezidenti administratsiyasidagi manbalarga ko‘ra, ovoz berishning kechikishiga koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab bo‘lgan. Ulardan biri aprelda pandemiya bo‘yicha vaziyat ancha og‘ir kechishini ta'kidlab, shu paytda ovoz berishni tashkil etish maqsadga nomuvofiq bo‘lishini aytgan.

Boshqa manbaga ko‘ra, iyunda o‘quvchilar maktab imtihonlarini topshirib olishi bilan o‘quv muassasalar binolarida ovoz berish uchastkalari tashkil qilinadi.  

Rasmiy Kreml bosh qomusga o‘zgartish kiritish yuzasidan ovoz berishni 22 aprelga o‘tkazishga qaror qilgandi. Vladimir Putin 17 mart kuni ushbu mazmundagi hujjatni imzolagan. Ushbu hujjat rasman e'lon qilingandan buyon Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni uch marta oshib, 114 nafardan 367 kishiga yetdi.

Ko‘proq yangiliklar: