Fransiyada koronavirusga qarshi dori sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi

Jahon 14:48 / 23.03.2020 56545

Fransiyalik olimlar SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi dori vositasining klinik tadqiqotlari natijasi muvaffaqiyatli bo‘lganini ma'lum qildi. Bu haqda International Journal of Antimicrobial Agens nashri xabar berdi.

Fransuz olimlari gidroksixloroxinning koronavirusga alohida va azitromitsin antibiotigi bilan birgalikdagi ta'sirini o‘rganishdi. Tadqiqotlar Marsel universitetining Méditerranée Infection gospitalidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida o‘tkazildi.

Tadqiqotlarda COVID-19 simptomi bo‘lgan va simptomlar bo‘lmagan 36 kishi ishtirok etdi. Besh kun davomida yangi dori vositasini qabul qilgan olti bemorda koronavirus testi salbiy chiqdi, ya'ni ularning barchasi tuzaldi.

Olimlar ushbu natijani tasdiqlash uchun kengroq miqyosdagi klinik tadqiqotlar o‘tkazilishi kerakligini qayd etishmoqda.

Mart oyi o‘rtalarida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vaksinaning 41 «nomzodi»ni ro‘yxatga olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: