BMT bosh kotibi koronavirus sababli dunyodagi barcha nizolarni to‘xtatishga chaqirdi

Jahon 22:24 / 23.03.2020 9781

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh koronavirus sababli dunyodagi barcha nizolarni to‘xtatishga chaqirdi.

"Dunyo umumiy dushman - COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan yuzma-yuz turibdi. Virus irqi, millati yoki dinidan qat'iy nazar barchani mahv etmoqda. U barchani shafqatsizlik bilan qirmoqda. Shu bilan birga, butun dunyoda qurolli nizolar avj olgan. Jilovsiz virus urush telbaliklarini namoyish etmoqda. Shu bois dunyoning barcha burchaklarida o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiraman", - dedi Guterresh.

Guterresh urushlardan xarob bo‘lgan davlatlarda tibbiy xizmat tizimi jar yoqasida ekanligini aytdi. U tibbiyot xodimlari tez-tez hujumlarga duch kelishayotganini ta'kidladi.

"Qurolli nizolarga chek qo‘yish va birgalikda hayotimizdagi haqiqiy kurashga e'tiborimizni qaratish vaqti keldi. Men urushayotgan tomonlarga murojaat qilmoqchiman: harbiy harakatlarni to‘xtating", - dedi BMT bosh kotibi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusdan zararlanganlar soni 350 mingga yaqinlashdi, shundan 100 mingdan oshiq kishi tuzalib ketdi, 15 297 kishi vafot etdi.

O‘zbekistonda 23 mart holatiga ko‘ra, virus yuqtirganlar soni 46 nafarni tashkil etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: