Xorvatiyada keyingi 140 yil ichidagi eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Jahon 15:18 / 22.03.2020 22437

Yakshanba kuni Zagrebda sodir bo‘lgan zilzila keyingi 140 yil ichidagi eng kuchli zilzila bo‘ldi, dedi Xorvatiya bosh vaziri Andrey Plenkovich.

Fuqaro mudofaasi xizmatining ma'lumot berishicha, ertalab 6.43da 5,3 balli zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila epimarkazi Zagrebdan yetti kilometr shimolda joylashgan. 

"Rixter shkalasi bo‘yicha 5,5 ballga yaqin, demak, keyingi 140 yildagi eng kuchli zilzila", - deya Plenkovichdan iqtibos keltirmoqda Index yangiliklar portali.

Bosh vazir armiya va favqulodda xizmatlar tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilishga kirishganini aytdi.

Mahalliy OAVning xabar berishicha, Zagrebning bir qismida elektr va suv ta'minoti uzilgan. Ayrim uylarning devorlari darz ketgan. 

Ko‘proq yangiliklar: