Madridda koronavirusga chalinganlar uchun Yevropadagi eng katta vaqtinchalik gospital tashkil etildi

Jahon 21:02 / 22.03.2020 5674

Ispaniya poytaxti Madriddagi Ifema ko‘rgazma markazi hududida koronavirusga chalinganlarni davolash uchun vaqtinchalik gospital tashkil etildi. Bu haqda El Pais nashri xabar berdi.  

Ayni vaqtda Madridda koronavirusga chalinishning yuqori darajasi qayd etilgan. Gospital 5000 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bu uni Yevropadagi bunday turdagi eng yirik tibbiy muassasaga aylantiradi.

Gospitalga birinchi bemorlar 21 mart kuni keltirilgan. Gospital direktori Antonio Sapateroning ta'kidlashicha, dam olish kunlari u yerga 300 kishi keltiriladi.

Gospitalga kirish joylari politsiya tomonidan qo‘riqlanmoqda. Bu yerga yengil alomatlarga ega bemorlar joylashtirilishi rejalashtirilgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Ispaniyada koronavirusga chalinganlar soni 28572 nafarni, undan vafot etganlar soni 1753 kishini, jumladan Madridda 800dan ko‘proqni tashkil qilmoqda.  

Ko‘proq yangiliklar: