Liviyada koronavirus epidemiyasi ortida jangovar harakatlar to‘xtatildi

Jahon 15:45 / 22.03.2020 7563

Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. Haftar kuchlariga qarama-qarshi bo‘lgan Liviya milliy kelishuv hukumati tungi vaqtda komendantlik soati joriy qilinishini e'lon qilgan. 22 martdan mamlakatda to‘ylar va dafn marosimlarini o‘tkazish taqiqlangan, restoran, kafe va boshqa ko‘ngilochar joylar yopilgan.

Ayni vaqtda qarama-qarshi tomonlardan birortasi koronavirusga chalinish holatlari qayd qilinganini ma'lum qilmagan. 

Hozirda Liviyada markaziy hukumat yo‘q bo‘lib, mamlakat sharqini Liviya milliy armiyasi, poytaxt Tripolini esa BMT tomonidan tan olingan Liviya milliy kelishuv hukumati nazorat qilmoqda. O‘tgan hafta Liviya milliy armiyasi rasmiy vakili Ahmad al-Mismariy Haftar kuchlari Liviya hududining 95 foizini nazorat qilayotganini ma'lum qilgan. Joriy yil 12 yanvardan beri amal qilayotgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga to‘liq rioya qilinmayapti. 

Ko‘proq yangiliklar: