Uyali aloqa kompaniyalari koronavirus pandemiyasi tufayli mijozlarni uyda qolishga chaqirmoqda

Jahon 21:02 / 21.03.2020 22696

Dunyoning bir necha uyali aloqa kompaniyalari mijozlarni uyda qolishga o‘ziga xos tarzda chaqira boshladilar.

Xususan, Ukrainaning LIFE, Turkiyaning TURKCELL va Qozog‘istonning KCELL kompaniyalari tarmoq nomini «Uyda qol», «Uyda hayot bor» deb o‘zgartirishgan. Bu bilan kompaniyalar mijozlarga karantin shartlariga rioya qilish muhimligini eslatishgan.

Qayd qilish joizki, tarmoq nomini o‘zgartirish texnik tomondan oson jarayon emas. Ammo uyali aloqa operatorlarining ijtimoiy ahamiyati yuqori bo‘lgan aksiyaga e'tibor qaratgani hurmatga loyiq.

Ko‘proq yangiliklar: