Sport-ta'lim muassasalarida o‘quv jarayoni takomillashtiriladi - Hukumat qarori loyihasi

Sport 11:44 / 21.03.2020 2312

Vazirlar Mahkamasining “Sport-ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Olimpiya zaxiralari kollejlari, olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari hamda sport turlari bo‘yicha mahorat maktablarida o‘quv yuklamasining hajmlari tasdiqlanadi va 2020/2021 o‘quv yilidan e'tiboran amaliyotga joriy etiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda 2020/2021 o‘quv yili boshlanguniga qadar sport-ta'lim muassasalarining tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni qarorga muvofiqlashtiradi.

Moliya vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi taqdim etgan xarajatlar smetalari asosida sport-ta'lim muassasalarining tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlari, shuningdek diplomlari blankalarini chop etish uchun sarflanadigan mablag‘larni respublika budjeti mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda ajratadi.

Olimpiya zaxiralari kollejlari, olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari hamda sport turlari bo‘yicha mahorat maktablarida o‘quv yuklamasining hajmlari

Olimpiya zaxiralari kollejlari

Barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv ishlarini o‘z ichiga olgan o‘quv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soat qilib belgilanadi. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) o‘qish shakli uchun auditoriya mashg‘ulotlari va ilmiy faoliyatning eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat qilib belgilanishi lozim.

O‘qishning normativ muddati umumiy o‘rta ta'limning tayanch ta'limi (7-9-sinf) hamda o‘rta professional ta'lim (I-III kurs) bosqichlarida olti yilga mo‘ljallangan holda o‘quv jarayoni 222 hafta davom etishi zarur, shu jumladan:

umumiy o‘rta ta'limning tayanch ta'limi (7-9-sinf) – o‘qish muddati 3 yil, (umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida o‘qish jarayoni 34 hafta mobaynida olib borilishi inobatga olingan holda) o‘qish jarayoni 102 haftaga mo‘ljallangan;

o‘rta professional ta'lim (I-III kurs) bosqichlarida – o‘qish muddati 3 yil, (professional ta'lim muassasalarida o‘qish jarayoni 40 hafta mobaynida olib borilishidan kelib chiqqan holda) o‘qish jarayoni 120 haftaga mo‘ljallangan.

O‘rta professional ta'lim bosqichida o‘qish davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:

nazariy va amaliy ta'lim – 60-70 foiz;

oraliq attestatsiya – 2-4 foiz;

ta'til – 10-24 foiz;

malakaviy amaliyot – 9-15 foiz;

yakuniy davlat attestatsiyasi – 1-2 foiz

Nazariy va amaliy ta'lim hajmi fanlar bloklari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

umumiy ta'lim fanlari – 12-15 foiz;

ijtimoiy fanlar – 8-10 foiz;

aniq fanlar – 8-15 foiz;

tabiiy va iqtisodiy fanlar – 9-15 foiz;

amaliy fanlar – 2-5 foiz;

umumkasbiy fanlar – 14-20 foiz;

maxsus fanlar – 26-30 foiz.

 Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, sport turlari bo‘yicha mahorat maktablari

Barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv ishlarini o‘z ichiga olgan o‘quv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soat qilib belgilanadi. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) o‘qish shakli uchun auditoriya mashg‘ulotlari va ilmiy faoliyatning eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat qilib belgilanishi lozim.

O‘qishning normativ muddati umumiy o‘rta ta'limning tayanch ta'limi (5-9-sinf) hamda umumiy o‘rta ta'lim negizida boshlang‘ich professional ta'lim (10-11 sinf) bosqichlarida yetti yilga mo‘ljallangan holda o‘quv jarayoni 250 hafta davom etishi zarur, shu jumladan:

umumiy o‘rta ta'limning tayanch ta'limi (5-9-sinf) – o‘qish muddati 3 yil, (umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida o‘qish jarayoni 34 hafta mobaynida olib borilishi inobatga olingan holda) o‘qish jarayoni 170 haftaga mo‘ljallangan;

umumiy o‘rta ta'lim negizida boshlang‘ich professional ta'lim (10-11 sinf) bosqichlarida – o‘qish muddati 3 yil, (professional ta'lim muassasalarida o‘qish jarayoni 40 hafta mobaynida olib borilishidan kelib chiqqan holda) o‘qish jarayoni 80 haftaga mo‘ljallangan.

Umumiy o‘rta ta'lim negizida boshlang‘ich professional ta'lim bosqichida o‘qish davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:

nazariy va amaliy ta'lim – 60-70 foiz;

oraliq attestatsiya – 2-4 foiz;

ta'til – 10-24 foiz;

malakaviy amaliyot – 8-12 foiz;

yakuniy davlat attestatsiyasi – 2-3 foiz.

Nazariy va amaliy ta'lim hajmi fanlar bloklari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

umumiy ta'lim fanlar – 20-30 foiz;

ijtimoiy fanlar – 8-12 foiz;

aniq fanlar – 12-15 foiz;

tabiiy va iqtisodiy fanlar – 12-16 foiz;

amaliy fanlar – 3-5 foiz;

umumkasbiy fanlar – 14-20 foiz;

maxsus fanlar – 9-12 foiz.

Ko‘proq yangiliklar: