O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi ma'lum qilindi 

Iqtisodiyot 09:21 / 21.03.2020 20673

2020 yil yanvar-fevral oylari yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 5,9 mlrd dollarni tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 190,0 mln dollarga kamaydi.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, TSAda eksport hajmi 2,6 mlrd dollarga (4,2 foizga kamaydi) va import hajmi 3,2 mlrd dollarga (2,2 foizga kamaydi) yetdi. Hisobot davrida - 657,5 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi. 

O‘zbekiston, jahonning 145dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (16,6 foiz), Rossiya Federatsiyasida (16,1 foiz), Qozog‘istonda (7,0 foiz), Koreya Respublikasida (6,3 foiz), Turkiyada (5,3 foiz), Germaniya (1,8 foiz) va Qirg‘izistonda (1,7 foiz) qayd etilgan. 

Qo‘shni davlatlar Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikalari bilan TSAda so‘nggi yillarda katta o‘zgarishlar kuzatilyapti. So‘nggi uch yilda Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘oniston bilan tashqi savdo aylanmasi oshgani kuzatilmoqda. 

Boshqa davlatlar (qo‘shni davlatlardan tashqari) bilan esa, TSAda eng yuqori ulush Xitoy, Rossiya, Koreya Respublikasi va Turkiya davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. 

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20ta yirik hamkor-davlatlar orasidan oltita davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston (99,4 mln dollar), Qirg‘iziston (60,4 mln dollar) Tojikiston (49,6 mln dollar) va Eron (16,8 mln dollar) shular jumlasidan. Qolgan 14 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: