Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti: Tamaki va alkogol koronavirus yuqtirib olishni keskin oshiradi

Jahon 20:07 / 21.03.2020 21800

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxan Gebreyyesus koronavirus pandemiyasi davrida alkogol va chekishni tashlashni tavsiya qildi. Bu haqda JSST bayonotida ma'lum qilingan.

Gebreyyesusning so‘zlariga ko‘ra, chekish koronavirusning jiddiy rivojlanishiga hissa qo‘shishi mumkin. Bundan tashqari, u ovqatlanishga e'tibor berish zarurligini ta'kidladi hamda foydali va sog‘lom taomlar iste'mol qilishga chaqirdi.   

Shuningdek, kuniga kamida 30 daqiqa sport bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi, dedi JSST rahbari. 

U masofadan turib, uydan turib ishlayotganda uzoq vaqt bir holatda qolmaslikni, har yarim soatda uch daqiqali tanaffus qilish zarurligini qayd etdi.

“Eng muhim va e'tibor qaratadigan jihat – bu alkogol mahsulotlarining zararidir. Oddiy hayotda ham spirtli ichimliklar salomatlik uchun o‘ta zararli. Ammo infeksiya tarqalgan bir paytda uni iste'mol qilish odam immun tizimiga qattiq shikast yetkazadi. Oqibatda infeksiya yuqtirib olish xavfi keskin ortadi”.

Ko‘proq yangiliklar: