«Biz haqiqiy ahmoqlarmiz»: Simon Furkad karantinga rioya qilmayotgan fransuzlarni tanqid qildi

Jahon 23:32 / 21.03.2020 20836

«Men boshqa mamlakatdan qaytdim va fransuzlarning butkul mas'uliyatsizligini ko‘rdim. Qo‘shnilarimiz uylaridan chiqmayapti, ammo bir necha yuz kilometrlar odamga to‘la, hech narsa o‘zgarmagan. Biz haqiqiy ahmoqlarmiz», - deb yozdi Furkad o‘zining Twitter akkauntida.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Fransiyada koronavirusdan o‘lim holatlari 450ga yetgan, 12 mingdan ortiq kishi kasallikka chalingan.

Mamlakatda 5 226 kishi karantinga joylashtirilgan. Bemorlarning o‘rtacha yoshi 60 yoshni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: