Xitoyda ikki sutkadan buyon koronavirusga chalinish holati qayd etilmadi

Jahon 15:17 / 20.03.2020 18286

Xitoyda o‘tgan ikki sutka davomida koronavirusga chalingan 39 kishi qayd etildi, ularning barchasi xorijdan kelganlardir, deb xabar berdi Xitoy sog‘liqni saqlash qo‘mitasi.

Xabarda ta'kidlanishicha, Xitoyning o‘zida kasallik yuqtirish bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmadi.

Mamlakatda dekabrdan buyon 3248 kishi koronavirus qurboni bo‘ldi, kasallikka chalinish bilan bog‘liq 80967 ta holat qayd etilgan.  

Mamlakat tibbiyot muassasalarida 6,6 mingga yaqin kishi davolanmoqda.

Shu bilan birga, 71 mingdan ortiq kishi tuzalgan va ularga uylariga javob berilgan.

Avvalroq davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi boshlig‘i, davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov O‘zbekistonga Xitoydan mutaxassislar kelishi haqida ma'lum qilgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev xitoylik mutaxassislarni maxsus reys bilan O‘zbekistonga olib kelib, profilaktika tadbirlari bo‘yicha maslahat va ko‘mak olish bo‘yicha topshiriq bergan.

Ko‘proq yangiliklar: