Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tuz va shakar oq ajal deyilishi bejizga emas» – Alisher Shodmonov
Xalqaro press klubning «Qadamma-qadam» loyihasida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov sog‘lom ovqatlanishda tuz va shakarning me'yori masalasiga to‘xtaldi.

«Tuz iste'moli. Bunga o‘rganib qolganmiz. E'tibor bersangiz, har bir oshxona, restoranlarda stolga tuz qo‘yib qo‘yiladi. Hozirda ko‘p mamlakatlarda tuz olib qo‘yilyapti. Chunki tuz, shakar bu – o‘lim sababchisi, oq ajal ham deyiladi.
Tuz bilan ovqat albatta mazali bo‘ladi. Ammo u birinchi navbatda organizmda suyuqlik to‘planib qolishi, shish paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, gipertoniya – qon bosimi oshishining birinchi sabablaridan hisoblanadi. Gipertoniya bo‘lgan insonlarda infarkt, insult ehtimoli yuqori bo‘ladi», – dedi Shodmonov.
Sog‘liqni saqlash vaziri tuzning iste'mol uchun tavsiya etiladigan miqdorini ma'lum qildi.
«Tuz iste'moli me'yori – kuniga 5 gramm. Lekin men 3 grammni tavsiya qilgan bo‘lardim. Chunki biz [iste'mol qilayotgan] nonimiz, salatimizdagi tuzni hisobga olmadik. Tuzning ortiqcha iste'moli ham doping deb hisoblanadi», – dedi u.
Alisher Shodmonov shakar iste'moliga ham to‘xtalib, aholi iste'mol qilayotgan qand miqdori me'yoridan o‘n baravar ko‘pligini ma'lum qildi.
«Shakar birinchi bo‘lib qandli diabet kasalligiga asosiy omil. Shakarning miqdori ko‘payganida u oshqozoningizda yog‘ga aylanadi va ortiqcha vazn hamda semizlikka olib keladi. Shakarni ko‘p iste'mol qilish semizlik, qandli diabetga olib kelsa, bu albatta gipertoniyani keltirib chiqaradi va bu, o‘z navbatida, infarkt va insultga olib keladi.
Og‘ir masala shundan iboratki, semizlik onkologik kasalliklarga moyil qilib qo‘yadi.
Bugungi kunda shirin ichimliklar, konditer muzqaymoqlarini sevib iste'mol qilamiz. Umuman, biz iste'mol qilayotgan qand miqdori me'yoridan 10 baravargacha oshib ketyapti», – deya qo‘shimcha qildi Shodmonov.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

17:08 / 10.07.2025
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?

15:12 / 08.07.2025
Xorijdan qaytgan fuqarolar OIV infeksiyasiga majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi

19:02 / 01.07.2025
Dunyoda har soatda 100 nafarga yaqin odam yolg‘izlikdan vafot etadi - JSST

15:37 / 24.06.2025