Pompeo AQShning Eronga insonparvarlik yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma'lum qildi 

Jahon 23:25 / 20.03.2020 13139

“Butun dunyo shuni bilsinki, Eronga insonparvarlik yordami ko‘rsatish mumkin. U sanksiyalar ostida emas. Eron uchun dori-darmonga, insonparvarlik yordamiga sanksiyalar yo‘q”, deb aytgan Pompeo. 

Davlat kotibining aytishicha, Vashington bunday yordam ko‘rsatilishi va u bilan bog‘liq to‘lov tranzaksiyalarini amalga oshirish uchun barcha ishni qilmoqda. Uning ta'kidlashicha, AQShning o‘zi ham Eronga shunday yordam taklif qilgan.   

“Ularda dahshatli muammo va biz bu tibbiy insonparvarlik yordami Eron xalqiga yetib borishi tarafdorimiz”, deb qo‘shimcha qilgan Pompeo.

Eronda ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar soni 19,6 mingdan oshib ketdi, ulardan 1,4 ming nafari vafot etgan, 6,7 mingga yaqini sog‘ayib ketgan.  

Ko‘proq yangiliklar: