AQSh butun dunyo bo‘ylab vizalar berishni to‘xtatdi

Jahon 21:26 / 20.03.2020 8818

Bu haqda AQSh davlat departamentining tvitterdagi sahifasida xabar qilingan.

“Davlat departamenti COVID-19 pandemiyasi bilan chaqirilgan jiddiy qiyinchiliklarga javoban AQShning barcha elchixonalari va konsulxonalaridagi viza bo‘limlarining faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi. Elchixonalar va konsulxonalar 20 martdan immigratsiyaviy va noimmigratsiyaviy vizalarni berish uchun belgilangan barcha uchrashuvlarni bekor qiladi”, deyilgan xabarda.

Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, diplomatik vakolatxonalar imkoniyat darajasida AQShga favqulodda zarurat bilan bog‘langan safarlarga viza berishni davom ettiradi. Davlat departamentida viza bo‘limlari odatdagi ishlash tartibiga qachon qaytishi aniq aytila olinmagan. 

Shuningdek, viza xizmati AQSh fuqarolari uchun saqlanib qoladi. Shuningdek, vaziyat vizasiz kirish dasturiga ta'sir qilmaydi.

19 mart kuni davlat departamenti barcha amerikaliklarni koronavirus xavfi sababli xorijga chiqmaslikka, xorijda bo‘lgan fuqarolarni esa imkoni boricha AQShga qaytishga chaqirgan.

Ko‘proq yangiliklar: