Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Shodmonov: «O‘zbekiston aholisining 51 foizi ortiqcha vaznga ega»
Alisher Shodmonovning ta'kidicha, semizlikning oldini olish uchun organizmga tushayotgan kaloriya miqdorini kamaytirish, mavjud kaloriyani esa sarflash lozim

Foto: KUN.UZ
Xalqaro press klubning “Qadamma-qadam” loyihasida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirus ta'sirida dunyo va O‘zbekistondagi vaziyat, inson salomatligini saqlashda to‘g‘ri ovqatlanish va harakatning ahamiyati, semizlik muammosi haqidagi fikrlarini bildirdi.
Ko‘rsatuv davomida Alisher Shodmonov boshlovchining O‘zbekistondagi semizlik ko‘rsatkichi haqidagi savoliga javob berdi.
“Avval bu o‘lchanmagan edi. Semizlik to‘g‘risida gapirganda xorijiy statistikani keltirib, unga tayanib gapirardik. Bugungi kunga kelib, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda izlanish o‘tkazdik. Ana shu izlanishlar natijasida aholimizning 51 foizida ortiqcha vazn borligi, 28 foizida undan ham yuqoriroq darajasi – semizlik kasalligi qayd etilganligini ilmiy ishlar bilan isbotlab berdik”, - dedi Alisher Shodmonov.
Sog‘liqni saqlash vazirining ta'kidicha, semizlik hozirda yoshlarda ham kuzatilyapti.
“Ming afsuski, semizlik hozirda farzandlarimizda ham uchrayapti. Bu Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yevropaga xos edi. Endi bizga kirib keldi. [Bolalarni] do‘mboqqina, polvongina deb uni maqtab yuraveramiz”, - dedi Shodmonov.
Alisher Shodmonovning ta'kidicha, semizlikning oldini olish uchun organizmga tushayotgan kaloriya miqdorini kamaytirish, mavjud kaloriyani esa sarflash lozim. Buning uchun esa to‘g‘ri ovqatlanish va albatta piyoda yurish kerak.
So‘nggi yangiliklar
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
-
Pora bilan ushlangan MIB xodimi 6 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:13
-
Tramp Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, sanksiyalardan voz kechmaydi – Grem
Jahon | 11:51
-
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:42
Mavzuga oid

18:32 / 30.07.2025
2025 yilda O‘zbekiston aeroportlari va samolyotlari sahnida 5 kishi vafot etdi

22:33 / 17.07.2025
“Yoshartiruvchi muolaja” - vaqtinchalik taskin: teri salomatligi aslida nimaga bog‘liq?

21:57 / 17.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi

17:08 / 10.07.2025