Turkmanistonda gazeta va jurnallar koronavirus tufayli onlayn rejimga o‘tkaziladi

Jahon 22:11 / 19.03.2020 5841

Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusning tarqalib borayotgani sharoitida bu jarayon dolzarb bo‘lib turibdi.

«Viruslar qog‘oz orqali ham yuqishi mumkin. Ayniqsa odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda kasallikni yuqtirib olish xavfi yuqori. Shu tufayli, aloqa va xizmatlarning masovafiy elektron tizimiga iloji boricha tezroq o‘tish muhim», - deb prezident so‘zlarini keltirmoqda Turkmen Dovlat Xabarlari.

Prezident qog‘oz gazetalarga qaraganda, ularning elektron nusxalari axborot bilan ishlash uchun qulay ekanini, ular orqali ma'lumot izlash osonligini, mavzuga aloqador boshqa internet-resurslarga o‘tish imkoni borligini ta'kidladi. 

Berdimuhamedov 2020 yil oktabr oyigacha barcha gazeta va jurnallarni elektron formatga o‘tkazish va ulardan foydalanish narxini aniqlab olish haqida topshiriq berdi.

Eslatib o‘tamiz, rasmiy xabarlarga ko‘ra, ayni paytda Turkmanistonda koronavirus bilan xastalanganlar yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: