Turkiyada koronavirusdan “himoyalanish” maqsadida qo‘lbola spirt iste'mol qilgan 15 turkmanistonlik halok bo‘ldi   

Jahon 20:51 / 19.03.2020 21579

Bu haqda Hurriyet nashri xabar berdi

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar turkmanistonliklar bo‘lib, ular koronavirusdan himoyalanish maqsadida sirtga qo‘llash uchun qo‘lbola usulda tayyorlangan spirt sotib olishgan. Keyinroq ular spirtni iste'mol qila boshlashgan va bu ular orasida ommaviy zaharlanish keltirib chiqargan.

Ta'kidlanishicha, spirtni sotishga aloqador 7 kishi qo‘lga olingan. Voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda. 

Shuningdek, ayni vaqtda turkmanistonliklar jasadini vatanlariga qaytarish masalasi hal qilinmoqda. Vaziyat koronavirus epidemiyasi sababli Turkiya va Turkmaniston o‘rtasida aviaaloqa to‘xtatilgani sabab murakkablashgan.

Shunga o‘xshash voqea bir necha kun avval Eronda ham yuz bergandi. O‘shanda “koronavirusdan dori” sifatida metil spirt qabul qilgan 27 kishi hayotdan ko‘z yumgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: