Tramp koronavirusga qarshi kurash doirasida Koreya urushi vaqtidagi qonundan foydalandi

Jahon 09:35 / 19.03.2020 21637

Tramp shu bilan birga koronavirusdan jabr ko‘rganlarni qo‘llab-quvvatlash haqidagi qonunni imzolagan. Bu qonun ushbu maqsadda milliardlab dollar ajratilishini ko‘zda tutadi. Jumladan, qonun koronavirusga bepul test va kasallik bo‘yicha ish haqi to‘lanadigan ta'til uchun mablag‘lar ajratilishini ko‘zda tutadi.

1950 yilda Koreya urushi boshlanishi ortida qabul qilingan Defense Production Act qonuni mamlakatga biznesdan urush vaziyatida milliy mudofaa ehtiyojlari uchun zarur shartnomalarni imzolashni yoki buyurtmalarni bajarishni talab qilish huquqini bergan. Tramp avvalroq ushbu qonunning imzolanishi “ko‘rinmas dushmanni yengish uchun” zarur bo‘lgan vositalar, respiratorlar, himoya niqoblari, o‘pkani sun'iy shamollatish qurilmalari ishlab chiqarilishini oshirishga imkon berishini aytgan. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 7786 nafarni, undan vafot etganlar soni 118 nafarni tashkil qilmoqda. Virus barcha 50 shtatda va Kolumbiya okrugida aniqlangan. 13 martdan mamlakatda favqulodda holat e'lon qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: