O‘zbekiston benzin ishlab chiqarishni ko‘paytirdi, neft qazib olishni qisqartirdi

Iqtisodiyot 12:39 / 19.03.2020 14906

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-fevral oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2019 yilning shu davriga nisbatan ko‘paydi.

Qayd etilishicha, 2019 yilning shu davrida 151,6 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 190,3 ming tonna.

Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham o‘sish kuzatildi. 2019 yilda 169,8 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 195,9 ming tonna.

Shu bilan birga, O‘zbekiston 2020 yil yanvar-fevral oylarida neft qazib olishni 2019 yilning shu davriga nisbatan (115,5 ming tonna) qisqartirdi - 111,3 ming tonnagacha.

2020 yil yanvar-fevral oylarida tabiiy gaz qazib olish 9,1 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan kam (10,1 milliard kub metr).

2020 yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 266,8 ming tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan biroz ko‘proq (265,2 ming tonna).

Ko‘proq yangiliklar: