Erdo‘g‘an G‘arb davlatlarini koronavirus pandemiyasiga tayyormaslikda aybladi

Jahon 07:30 / 19.03.2020 11997

“G‘arb davlatlari epidemiyadan jabr ko‘rganlarni o‘z ixtiyoriga tashlab qo‘ydi va o‘zlarini “kim qo‘lidan kelsa, o‘sha omon qolsin” prinsipi bo‘yicha tutmoqda. U yerda yillar davomida o‘z fuqarolari haqida qayg‘urilmagan, davlatning asosiy xizmatlari xususiy sektor ixtiyoriga topshirilgan. Endi Yevropa davlatlari ularni milliylashtirishga o‘tmoqda”, deb aytdi Erdo‘g‘an Anqaradagai matbuot anjumanida. 

“Biz global iqtisodiy, siyosiy va jamiyat tuzilishida tub o‘zgarishlar davriga kirmoqdamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an va avval epidemiyalar nafaqat og‘ir oqibatlarga, balki jiddiy siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlarga olib kelganini eslatib o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: