Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusga qarshi vaksina sinovdan o‘tkazila boshlaganini ma'lum qildi

Jahon 22:43 / 18.03.2020 17869

Koronavirusga qarshi vaksina dastlabki sinovdan o‘tkazila boshlandi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus ma'lum qildi.

"Virusning genetik ketma-ketligi aniqlanganidan atigi 60 kun o‘tib vaksinaning dastlabki sinovlari o‘tkazilishi boshlandi. Bu tasavvur qilib bo‘lmas muvaffaqiyat. Biz butun dunyodagi tadqiqotchilarga sinov dorilarini tizimli ravishda baholashni tavsiya etmoqdamiz", - dedi u.

Avvalroq AQShda koronavirusga qarshi vaksinaning dastlabki klinik sinovlari o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Bugunga kelib dunyo bo‘ylab 160dan ortiq davlatda 190 mingdan ortiq infeksiya holati tasdiqlangan; koronavirus 7,5 ming kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: