Isroilning Berlindagi elchisida koronavirus aniqlandi

Jahon 10:33 / 18.03.2020 6105

Isroil Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, mamlakatning Berlindagi elchisi Issaxarov va elchixonadagi isroillik bir diplomatning Germaniya Federal Assambleyasining ismi oshkor qilinmagan deputati bilan uchrashuvidan keyin Covid-19 testi o‘tkazilgan va natija ijobiy chiqqan.

Bayonotda Issaxarov va diplomatning sog‘lig‘i yaxshiligi va ularning har ikkisi o‘z uyidaligi aytilgan.

Ushbu voqeadan so‘ng, Isroilning Berlindagi elchixonasi yopilgan, elchixonadagi barcha diplomatlar o‘z uylarida karantinga olingan.

Ko‘proq yangiliklar: