Germaniya butun dunyodan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qiladi

Jahon 07:35 / 18.03.2020 4825

Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas DW nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi. 

Vazirning ta'kidlashicha, koronavirus pandemiyasi sababli aviareyslar bekor qilingach o‘n minglab nemislar uylariga qayta olmayapti. Ulardan ba'zilari mehmonxonalar yopilgani sababli aeroportda qolishlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Misrning o‘zida 35 ming, Makrokashda esa 5 ming nemis qolmoqda.
 
“Argentina, Filippin va Maldivda ham ko‘plab fuqarolarimiz qolmoqda”, deb qo‘shimcha qilgan Maas.
 
Germaniya o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun aviakompaniyalardan, birinchi navbatda Lufthansa’dan charter reyslarni ijaraga oladi. Bu maqsadda 50 mln yevro ajratiladi. 
 
Samolyotlarda bo‘sh joylar bo‘lsa, Germaniyaga Yevropa Ittifoqining boshqa fuqarolari ham olib chiqiladi. Evakuatsiya bir necha kun davom etadi.
 
Avvalroq nemis aktyori Xanno Koffler Germaniya hukumatini harakatsizlikda ayblagandi. Hozirda aktyor germaniyalik boshqa hamkasblari bilan Marokashda qolib, u yerdan 14 martdan beri uchib keta olmayapti.

“Fransiyalik, britaniyalik va avstriyalik hamkasblarimizni qo‘llab-quvvatlab, olib chiqib ketishayotgan bir paytda biz uchun hech narsa qilinmayapti. Biz hoziroq uyga qaytishni istaymiz”, deb yozgan Koffler Instagram’da.

Ko‘proq yangiliklar: