Avstraliya koronavirus sababli favqulodda holat e'lon qildi 

Jahon 23:26 / 18.03.2020 10589

18 mart kuni Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison epidemiya sababli “biologik xavfsizlik sohasida favqulodda vaziyat” e'lon qildi. Ta'kidlanishicha, u yarim yil davom etishi mumkin.

Morrison fuqarolar barcha xorijiy safarlardan voz kechishlari kerakligini aytgan. Kiritilgan tartib hukumatga aholi punktlarini yopishga, komendantlik soati kiritishga va karantin e'lon qilishga ruxsat beradi.

Avvalroq favqulodda holat Avstraliyaning bir nechta shtatlarida kiritilgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Avstraliyada koronavirusdan 383 ta kasallanish holati va 5 ta o‘lim qayd etilgan. 27 kishi undan sog‘ayib ketgan. 

Hozirda koronavirus epidemiyasi sababli AQSh, Italiya, Ispaniya, Chexiya, Litva, Latviya, Serbiya, Estoniya, Armaniston, Qozog‘iston, Livanda favqulodda holat rejimlari amal qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: