Immunitetni kuchaytirish uchun qanday mahsulotlar iste'mol qilish kerak? Mutaxassis tavsiyalari

Light 23:01 / 17.03.2020 91769

Tibbiyot fanlari doktori, professor Xayrulla Mustafoyev “O‘zbekiston24” telekanaliga bergan intervyusida inson immun tizimini kuchaytirish uchun iste'mol qilinadigan mahsulotlar borasida o‘z tavsiyalarini berdi.

“Yuqori kaloriyali taomlar iste'mol qilish kerak, faqat yoshga qarab. Yoshi kattalar yog‘sizroq mol go‘shti iste'mol qilishlari lozim. Inson qishdan holsizlanib chiqadi. Shuning uchun vitaminga boy turli salatlar yeyish kerak. 

Xayrulla Mustafoyev

Albatta, faqat go‘sht yeyish kerak degani emas. Har kuni tuxum, dukkakli mahsulotlar yeb turish darkor. Haftalik menyu tuzib, uning har xil bo‘lishiga e'tibor qaratishni tavsiya qilaman”, dedi professor.

Xayrulla Mustafoyev shuningdek, turli mahsulotlarni iste'mol qilish borasida internetda joylashtirilgan tavsiyalarga amal qilavermaslikni so‘radi.

Professorning so‘zlariga ko‘ra, aksariyat maslahatlar yolg‘on maslahatlar bo‘lsa, ayrimlar o‘z sharoiti, iqlimidan kelib chiqib maslahatlar beradi.

“Ular laboratoriyada o‘tirib ilmiy ish qiladigan olimlardir. Ular bizning iqlimimiz, urf-odatlarimiz, turmush tarzimizni bilmasdan maslahat beradi. Odamlar esa ularga ishonib bu tavsiyalarni qilib ko‘radi”, dedi olim.

Ko‘proq yangiliklar: