O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshishni boshladi

Iqtisodiyot 11:10 / 16.03.2020 33129

Markaziy bank 10 martdan valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 19,80 so‘mga oshib, bir dollar 9520,34 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 149,02 so‘mga tushib, 10 572,34 so‘mga teng bo‘ldi.

O‘z navbatida rubl kursi 8,69 so‘mga arzonlashgan va 1 rubl 130,22 so‘mga teng bo‘lgan.

Qayd etish kerakki, bungacha O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket olti hafta davomida pasaygandi. O‘tgan haftada ham rasmiy kurs 13,30 so‘mga tushib, bir dollar 9500,54 so‘mni tashkil qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: