Messi koronavirus tufayli insonlardan mas'uliyatliroq bo‘lishni so‘radi

Sport 08:07 / 15.03.2020 11769

«Barcha uchun og‘ir kunlar keldi. Biz nima bo‘layotganidan xavotirdamiz va azob chekayotganlarga yordam berishni xohlaymiz. Kasalxona va sog‘lomlashtirish markazlarida ushbu virusga qarshi kurashayotgan insonlarning barchasiga jasorat tilagan bo‘lardim.

Inson salomatligi har narsadan ustun bo‘lishi lozim. Hammamiz sog‘liqni saqlash idoralarining ko‘rsatmalariga amal qilishimiz kerak. Faqat shu yo‘l bilan muammoni bartaraf eta olamiz.

Vaziyatga mas'uliyatliroq yondashishingizni va uyda qolib, yaqinlaringiz bilan vaqt o‘tkazishingizni so‘rayman. Umid qilamanki, ushbu vaziyatni imkon qadar tezroq yengib chiqamiz», – deya yozib qoldirgan Messi o‘zining Instagram sahifasida.

Ma'lumot uchun, hozirda COVID-19 koronavirusi tufayli Yevropaning aksariyat chempionatlari to‘xtatib qo‘yilgan.

Ko‘proq yangiliklar: