Futbol mahorati maktablari tashkil etiladi

Sport 08:44 / 14.03.2020 2615

Vazirlar Mahkamasining “Futbol mahorati maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Quyidagilar:

Professional futbol klublari qoshidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan bolalar-o‘smirlar futbol maktablari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari negizida tashkil etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablari ro‘yxati;

vazirlik huzurida qo‘shimcha tashkil etiladigan futbol mahorati maktablari ro‘yxati;

professional futbol klublari qoshidagi bolalar-o‘smirlar futbol maktablari negizida tashkil etilayotgan bolalar va o‘smirlar sport maktablari ro‘yxati;

Futbol mahorati maktablari to‘g‘risida nizom;

Futbol mahorati maktablariga o‘quvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan o‘tkazish va ularning o‘qishini ko‘chirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

Futbol mahorati maktablarining boshqaruv xodimlari va trenerlari mehnatiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom;

Futbol mahorati maktablari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlar jadvali;

Futbol mahorati maktablari o‘quvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasi;

Futbol mahorati maktablari qoshidagi futbol klublari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Namangan, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyati hokimliklari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari bolalar - o‘smirlar futbol akademiyalari hamda Denov tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati negizida tashkil etilayotgan vazirlik huzuridagi futbol mahorati maktablarini joylashtirish uchun zarur bino va inshootlar ajratish;

uch oy muddatda vazirlik huzurida qo‘shimcha tashkil etilayotgan futbol mahorati maktablari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur bino va inshootlar ajratish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Belgilab qo‘yilishicha:

futbol mahorati maktablari O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;

futbol mahorati maktablarida ta'lim jarayoni ikki bosqichda (umumiy o‘rta ta'limning tayanch ta'limi V-IX sinflar hamda umumiy o‘rta ta'lim bosqichlarida boshlang‘ich professional ta'lim X-XI sinflar darajasida) amalga oshiriladi;

futbol mahorati maktablarining IX sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi shahodatnoma hamda XI sinf bitiruvchilariga futbol bo‘yicha trener mutaxassisligidan boshlang‘ich professional ta'lim to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi;

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab futbol mahorati maktablarida o‘rnatilgan tartibda sportchi lavozimi joriy etiladi va mazkur lavozimda faoliyat yuritish istagini bildirgan maktabning XI sinf bitiruvchilariga ta'lim muassasasini tamomlagandan so‘ng ikki yilgacha istisno tariqasida faoliyat yuritishlariga ruxsat beriladi;

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab futbol mahorati maktablari qoshida futbol klublari tashkil qilinadi hamda mazkur klublarning o‘yinchilar tarkibi tegishli futbol mahorati maktablarida sportchi lavozimida faoliyat yuritayotganlar hamda ushbu maktabda ta'lim olayotgan o‘quvchilardan shakllantiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi 2020/2021 o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta ta'limning tayanch ta'limi hamda umumiy o‘rta ta'lim bosqichlarida boshlang‘ich professional ta'lim jarayonining uzviyligini va sport mahoratini uzluksiz oshirishni ta'minlash, shuningdek futbol mahorati maktablari o‘quvchilarini tayyorlash yo‘nalishlarini birxillashtirishni hisobga olgan holda o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadilar va belgilangan tartibda tasdiqlaydilar.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasiga o‘quvchilarni qabul qilish hamda akademiyada o‘quv jarayonlarini 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

Akademiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

futbol bo‘yicha yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni saralab olish (seleksiya) tizimi, ularni o‘qitish, tarbiyalash va individual xususiyatlarini rivojlantirish, futbol sohasidagi sport qobiliyatini shakllantirish;

bolalar-o‘smirlar futbolini rivojlantirish uchun ishonchli zaxirani shakllantirish, iste'dodli va iqtidorli bolalarni futbolga jalb etish va futbol bo‘yicha salohiyatini doimiy ravishda o‘stirib borish, ularda sog‘lom turmush tarziga intilishni uyg‘otish;

professional futbolchilarni tayyorlash tizimini tashkil etish, yurtimiz futbolini futbol rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro darajada raqobat qiladigan darajaga yetkazish, turli yosh toifasidagi respublika terma jamoalari va professional futbol jamoalariga yetuk futbolchilarni tayyorlash;

futbol rivojlangan xalqaro mamlakatlarda o‘tkaziladigan musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etish orqali respublika akademiya o‘quvchilarining professional saviyasini oshirib borish;

futbol sohasida sport qobiliyatini shakllantirishga va to‘liq darajada amalga oshirishga ko‘maklashuvchi muhit yaratish, akademiya negizida O‘zbekistonning futbol bo‘yicha turli yosh toifasidagi terma jamoalarini shakllantirish.

Belgilanishicha:

akademiya davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan boshlang‘ich professional davlat sport-ta'lim muassasasi hisoblanadi va uning faoliyati futbol bo‘yicha qobiliyatli va iqtidorli yosh futbolchilarni tanlab olish va ularni asosan milliy terma jamoalarga, shuningdek professional futbol jamoalariga professional futbolchi sifatida tayyorlashga yo‘naltiriladi;

akademiya o‘quvchilari akademiyada o‘qish davomida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining zaxira tarkibi hisoblanadi;

akademiyada o‘quvchilar soni 132 nafarni tashkil etib, ta'lim jarayoni ikki bosqichda (umumiy o‘rta ta'limning tayanch ta'limi (VI-IX sinflar) hamda umumiy o‘rta ta'lim bosqichlarida boshlang‘ich professional ta'lim (X-XI sinflar) darajasida futbol mahorati maktablari uchun belgilangan ta'lim dasturlari asosida) amalga oshiriladi;

akademiyaning IX sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi shahodatnoma hamda XI sinf bitiruvchilariga futbol bo‘yicha trener mutaxassisligidan boshlang‘ich professional ta'lim to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi;

akademiya bitiruvchilari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Sport faoliyati: futbol” bakalavriat ta'lim yo‘nalishi sirtqi ta'lim shakliga istisno tariqasida qo‘shimcha davlat granti asosida test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qishga qabul qilinadilar;

akademiya o‘quvchilariga bepul ta'lim olish, futbol mahorati maktabining o‘quvchilari uchun bir kunlik oziq-ovqat me'yorlariga muvofiq oziq-ovqat bilan ta'minlanish hamda akademiyaning o‘quvchilar turar joyida bepul yashash huquqi beriladi;

respublika akademiyasining xodimlariga ixtisoslashtirilgan futbol mahorati maktablari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Moliya vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda futbol mahorati maktablarining bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash, kompyuter texnikasi va laboratoriya anjomlari, shuningdek sport bazalarini sport anjomlari va inventarlari bilan jihozlashni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:

futbol mahorati maktablarining namunaviy ustavi tasdiqlanishi, shuningdek uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi;

futbol mahorati maktablarini zamonaviy pedagogik texnologiyalarini egallagan malakali pedagog kadrlar hamda futbol bo‘yicha trenerlar bilan to‘ldirish yuzasidan zarur choralarni ko‘radi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 2021/2022 o‘quv yili boshlanguniga qadar:

akademiya ustavi hamda tuzilmasini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

futbol mahorati maktablari uchun belgilangan namunaviy shtatlar jadvali doirasida shtatlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash;

akademiyani zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar hamda futbol bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan trenerlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘radi.

Ko‘proq yangiliklar: