Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navro‘z sayli bekor qilinmaydi, lekin bir qancha tadbirlar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
Vazirlar Mahkamasida Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, jamoat tartibini saqlash hamda aholi xavfsizligini ta'minlash bilan bog‘liq masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «2020 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida» 2020 yil 3 martdagi qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, bayram «Navro‘zing – yangi kun, yangi davroning muborak, jonajon O‘zbekistonim!» degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda yuqori saviyada, xalq sayli ko‘rinishida tashkil etilishi qayd etilgan.
Joylarda ko‘chma savdo do‘konlari, hunarmandchilik ko‘rgazmalari, kitob rastalari, bahoriy taom sotiladigan ochiq oshxonalar tashkil etiladi, milliy chorpoyalar, so‘rilar va xontaxtalar joylashtiriladi. Bog‘larda, ochiq maydonlarda dorbozlar, polvonlar, masxarabozlar, qo‘g‘irchoqbozlarning tomoshalari, qushlar ko‘rgazmasi, varrak uchirish, arqon tortish, arg‘imchoq uchish kabi xalq o‘yinlari musobaqalari tashkil etiladi.
Sayl davomida mamlakatda istiqomat qiladigan turli millat vakillarining badiiy chiqishlari, folklor-etnografik guruhlarning konsertlari ham o‘tkaziladi.
Shu bilan birgalikda, koronavirus xavfi tufayli xavfsizlik nuqtayi nazaridan bir qator mahalliy va xalqaro darajadagi, chet ellik mehmonlar ishtirokidagi tadbirlar bekor qilinmoqda.
«Navro‘z umumxalq bayrami oldidan xayriya hashari o‘tkazilishi an'anaga aylangan. Yig‘ilishda joriy yilning 14-15 mart kunlari «Obod yurt» umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hasharini uyushqoqlik bilan tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish masalalari ham muhokama qilindi.
Asosiy bayram tadbirlari va xalq sayllari o‘tkaziladigan joylarda yangi turdagi COVID-19 koronavirusining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida tegishli profilaktik choralar ko‘riladi, tibbiy nazorat kuchaytiriladi. Shu bilan birga, mazkur yuqumli infeksiya inobatga olinib, xavfsizlik nuqtayi nazaridan bir qator mahalliy va xalqaro darajadagi, chet ellik mehmonlar ishtirokidagi tadbirlar bekor qilinmoqda.
Xususan, bayram arafasida Toshkent shahrida o‘tadigan Navro‘z marafoni, Xiva shahrida 31 mart-1 aprel kunlari tashkil etiladigan «2020 yilda Xiva shahri turkiy dunyo madaniyati poytaxti» yilining rasmiy ochilish marosimi hamda «Buxoro shahri – Islom olami madaniyati poytaxti», deb e'lon qilinishi munosabati bilan 14-16 aprel kunlari o‘tkaziladigan tadbirlar bekor qilindi», deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali xabarida.
Majlisda Navro‘z umumxalq bayrami bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etish va yuqori saviyada, tinch-osoyishta o‘tishini ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan Madaniyat, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, Mudofaa vazirliklarining hisoboti tinglangan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevroparlament Ukraina tinch aholisini qiynoqqa solganlarni jazolashga chaqirdi
Jahon | 07:52
-
O‘zbekiston 5 oyda qariyb 10 mingta elektromobil import qildi
O‘zbekiston | 07:47
-
CNN: Hegset Oq uyni xabardor qilmasdan Ukrainaga yordamni to‘xtatgan
Jahon | 07:40
-
Bundestag stipendiyasi dasturida O‘zbekiston yoshlari soni ko‘paytiriladi
O‘zbekiston | 07:39
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025