Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chempionlar ligasi va Yevropa Ligasi koronavirus tufayli to‘xtatildi
UYeFA Yevropada koronavirus tarqalishi avj olishi munosabati bilan Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining keyingi haftadagi barcha o‘yinlarini bekor qildi. Endi ushbu turnirlar noma'lum muddatga qadar to‘xtatiladi.

Foto: Reuters
Keyingi haftada, 17-18 mart kunlari YeChL pley-off bosqichi doirasida «Manchester Siti» - «Real», «Yuventus» - «Lion», «Bavariya» - «Chelsi» hamda «Barselona» - «Napoli» o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Avvaliga bu o‘yinlar stadionda muxlislarsiz bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgandi. Bu qaror 19 mart kuni turnirning Yoshlar jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlariga ham taalluqli.
Bu qaror ortidan yevrokuboklarning 1/4 finali uchun qur'a tashlash marosimi ham kechiktiriladi.
17 mart kuni UYeFA favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, sport turnirlari taqdirini muhokama qiladi. LʼEquipe nashri ma'lumotiga ko‘ra, bu yig‘ilishda futbol bo‘yicha Yevropa chempionatini keyingi yilga qoldirish bo‘yicha qaror qabul qilinishi kutilmoqda.
Bungacha koronavirus infeksiyasi xavfi tufayli Italiya va Ispaniya chempionatlari to‘xtatilgandi.
Bugun Fransiya chempionatida ham tanaffus e'lon qilindi, yaqin vaqtlar ichida Germaniya va Angliya chempionatlari taqdiri ham muhokama qilinib, qabul qilingan qarorlar e'lon qilinishi kutilmoqda.
- So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirusdan zararlanganlar 135 ming nafardan oshib ketdi. 5 mingga yaqin kishi halok bo‘ldi, 70 mingdan ortiq kishi sog‘aydi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

21:20 / 31.05.2025