Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliya Premer-ligasi o‘yinlari ham qoldirildi
Angliya Premer-ligasi o‘yinlari koronavirusning tarqalish xavfi tufayli to‘xtatildi.

Foto: Richard Calver/Shutterstock
Tashkilot rasmiy sayti bergan xabarga ko‘ra, Chempionship va quyi liga o‘yinlari ham bekor qilingan. Angliya chempionati o‘yinlari kamida 4 aprelga qadar o‘tkazilmaydi. Ushbu qaror APL rahbariyatining navbatdan tashqari yig‘ilishda qabul qilindi.
«Mikel Arteta, Kallum Xadson-Odoi va koronavirusdan aziyat chekayotgan boshqalarning tezroq sog‘ayib ketishlarni tilab qolamiz. Hozirgi misli ko‘rilmagan vaziyatda Premer-liga barcha klublar, hukumat, Angliya futbol assotsiatsiyasi va Chempionship bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Biz futbolchilar, personal va muxlislarning sog‘lig‘i haqida qayg‘urayapmiz. Premer-liga ehtiyor chorasi sifatida 4 aprelgacha bo‘lgan barcha uchrashuvlarni qoldirishga qaror qildi. 4 aprel kunidan chempionatlarni davom ettiramiz deb umid qilamiz. Voqealar rivojiga ko‘ra, yana xabarlar beramiz», - deyiladi APL ijrochi direktori Richard Mastersning bayonotida.
Oldinroq Italiya, Ispaniya va Fransiyada chempionat o‘yinlari kamida aprel oyiga qadar to‘xtatilgan, Bundesliga esa keyingi haftadan tanaffusga chiqishi ma'lum qilingandi.
Bundan tashqari, UYeFA Chempionlar ligasi hamda Yevropa Ligasi o‘yinlarini noma'lum muddatga qoldirgan.
- So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda virusdan zararlanganlar soni 138 152 nafarni tashkil qilmoqda, qurbonlar soni 5 mingdan oshib ketdi - 5080.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025