Yevropaning yana bir chempionati koronavirus tufayli to‘xtatildi

Sport 22:26 / 12.03.2020 3882

Niderlandiya Eredivizining barcha o‘yinlari koronavirus tufayli noma'lum muddatga qoldirildi. Bu haqda chempionat rasmiy sayti xabar bergan.

«Mamlakat hukumatining qaroriga ko‘ra, barcha ommaviy sport tadbirlari, shu jumladan Niderlandiya chempionati o‘yinlari ham to‘xtatildi» - deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, Niderlandiyada 100 kishidan ortiq barcha ommaviy marosim va tadbirlar o‘tkazish bekor qilingan. Hozirga kelib mamlakatda 503 kishida koronavirus aniqlanib, 5 kishi vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: