YeChL. «Atletiko» dramatik bahsda «Liverpul»ni musobaqadan chiqarib yubordi, «PSJ» ham chorakfinalda

Sport 03:38 / 12.03.2020 16113

Chempionlar Ligasi chorakfinaliga chiqqan yana 2 jamoa nomi ma'lum bo‘ldi.

Foto: Reuters

«Liverpul» o‘z uyida «Atletiko»ni qabul qilib, asosiy vaqtda minimal hisobda ustun keldi. Lekin dramatik tarzda o‘tgan qo‘shimcha bo‘limlarda Markos Lorentening dubli va Alvaro Morataning goli evaziga Madrid klubi 1/4 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Foto: Getty Images

«Borussiya» Dortmundga safarda 1ta to‘p farqiga yutqazgan «PSJ» o‘z maydonida 2 gol farqi bilan g‘alaba qozondi va keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha «Leypsig» va «Atalanta» ham chorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. 

YeChL, 1/8 final, 11 mart
Javob o‘yinlari

Liverpul – Atletiko 2:3
«Enfild»
Gollar: Veynaldum (43), Firmino (94) – Lorente (97, 105+1), Morata (120+1).
Liverpul: Adrian, van Deyk, Roberson, Gomes, Aleksander-Arnold, Veynaldum (Origi, 106), Henderson (Fabino, 106), Oksleyd-Chemberlen (Milner, 82), Mane, Firmino (Minamino 113), Saloh. 
Atletiko: Oblak, Felipe, Tripper (Vrsalko, 91), Savich, Lodi, Saul, Tomas, Korrea (Ximenes, 106), Koke, Joau Felish (Morata, 103), Diyego Kosta (Lorente, 56).
Ogohlantirishlar: Morata (119), Aleksander-Arnold (119), Tomas (120).
Birinchi o‘yin – 0:1.

PSJ – Borussiya Dortmund 2:0
«Park de Prens»
Gollar: Neymar (28), Bernat (45+3).
PSJ: Navas, Kerer, Kimpembe, Markinos, Bernat, Paredes (Kuassi, 90+2), Di Mariya (Kurzava, 79), Sarabiya (Mbappe, 64), Guyye, Neymar, Kavani. 
Borussiya D: Byurki, Hummels, Pishchek, Zagadu, Hakimi (Gyotse, 87), Jan, Gerreyru, Sancho, Vitsel (Reyna, 71), Azar (Brandt, 68), Holand.
Ogohlantirishlar: Holand (16), Hummels (61), Bernat (68), Neymar (90), Markinos (90), Di Mariya (90), Mbappe (90+3).
Chetlatish: Jan (89).
Birinchi o‘yin – 1:2.

Ko‘proq yangiliklar: