Ronaldu Portugaliyadan Italiyaga qaytmayapti

Sport 21:02 / 12.03.2020 7635

«Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadoshi Daniele Ruganida aniqlangan koronavirus tufayli Turinga qaytmayapti. Futbolchi bu haqda klub rahbariyatini xabardor qilgan.

Portugaliyalik futbolchi ayni damda o‘z vatani Madeyrada bo‘lib turibdi. Portugaliya hukumati koronavirus tarqalishi xavfi sababli Italiya bilan aviaaloqani to‘xtatganiga qaramay, Ronaldu ikki davlat tomonidan shaxsiy samalyotida uchish uchun maxsus ruxsatnoma olgan. Ammo klubdagi holat va jamoadoshining koronavirus yuqtirgani uchun Krishtianu hali Apenin yarim oroliga qaytmoqchi emas. 

Ma'lumot uchun, «Yuventus» klubi rasmiy sayti orqali Rugani koronavirusga chalingani sabab ehtiyot chorasi sifatida italiyalik futbolchi bilan yaqin aloqada bo‘lgan bir qator klub xodimlarini ham maxsus nazoratda saqlanishini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: